Dj Yamin, Shaxriyor — Shinanay

[Dj Yamin]
Afsonaviy go`zal mohitabon,
Ta’rifi olamga doston.
Ishqida ming shahzodalar
Bo`ladi ovora, sarson.

[Shaxriyor]
Ko`cha, ko`cha-ko`yda go`zal,
Atrof g`uncha, buncha qizlar.
Lekin unchasi-bunchasi yoqmas,
Ko`ngil nega boshqaga to`ymas?

Sandan o`zim aylanay,
Ko`zlar qura-quralay.
Shaka-shakar aylanay,
Shina-shina shinanay.

[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)

Faina, Faina, Fai-na-na…

[Dj Yamin]
Uchar gilamda dunyo kezaman,
Ayt, qaysi mamlakatdasan?
Farangmi, Rum yo Hindiston,
Ayt, nega bunchalar qiynaysan?

[Shaxriyor]
U ajoyib gul,
Hidi esa meni mast qilar.
Esda qoldi ovo-ovozing,
Onajon, men sevdim o`sha qizni.

Ko`zi oydek, yuragi yolg`iz, tanho,
Qayerda bo`lsa ham uzoq.
Yayovman qadamu-qadam,
Dunyo izlab men boraman.

[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)

Dengiz kechaman, (dengiz kechaman)
Sahro kezaman (opashinanay)
Aqlimdan ozaman yorimni topmasam.
(Faina, Faina, Fai-na-na)

[Shaxriyor]
Kim edi, kim edi
Shu bolani ishqida aylab, bechora hayron etgan?
Kunni kun demay yuragi pora,
Hasrat, g`urbat chekkan-u chekkan.

Kimdir kuladi “ha-ha-ha”,
Rosa ta’ziringni yebsan-da.
Bunaqa payt o`zi hech nima yoqmas,
Sog`inch yurakka to`lganda.

Osmonda oy kulganda,
Tunda xayol surganda,
Shoir bo`lib, ishqqa to`lib,
Jo`shib she’rlar yozganda.

Shak-shakarim bo`l, shak-shakarim,
Shinanayda yorim, san asalim.
Sevgi shunaqa afsunli,
Faina, Faina, Fai-na-na.

[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)

O faina, o faina… opashinanay…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x