Dj Yamin — Sevmasa sevmasin

Aybim nimaligin bilolmayin hayronaman,
Men sevdim-u, lekin sevilmayin vayronaman.
Mehr berdim-u, mehr ko`rmagan bir bechoraman,
Bag`rim ezar savollardan o`zim qiynalaman.

Dil intizor, tunim bedor,
Nega unda menga umid berding, yor?
Bir kun kelar, qadrim sezar,
Mendan yaxshisi yo`qligin u bilar.

Sevmasa sevmasin-ey, zorim bor-u, zo`rim yo`q,
Boqmasa boqmasin-ey, ko`z yoshlarga o`rin yo`q.
Endi bunday beparvo, zolim bo`lgan yorim yo`q. (x2)

Mayli ketgin, lekin bir kun kelib yig`lamagin,
Endi kechmi deya o`zingni hech qiynamagin.
Kech bo`lmasdan vaqt g`animat, yaxshilab o`ylagin,
Mendan kechib, bevafoga duch kelib qolmagin.

Dil intizor, tunim bedor,
Nega unda menga umid berding, yor?
Bir kun kelar, qadrim sezar,
Mendan yaxshisi yo`qligin u bilar.

Sevmasa sevmasin-ey, zorim bor-u, zo`rim yo`q,
Boqmasa boqmasin-ey, ko`z yoshlarga o`rin yo`q.
Endi bunday beparvo, zolim bo`lgan yorim yo`q. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x