DIXLORETAN, etilenxlorid, SN2S1— SN2S1 — chuchmal hidli rangsiz suyuklik, undan xloroform hidi keladi. Mol. m. 98,97. Qaynash t-rasi 83,5°, zichligi 1,253 g/sm3. Suvda eri-maydi, spirt va efirda eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash t-rasi 71,6°; tarkibi 91,8% D. va 8,2% N2O) hosil qiladi. Dixloretan sanoatda xlor bilan etilendan olinadi. Dixloretan texnikada ekstraksiya jarayonlarida, gazmollarni tozalashda, erituvchi sifatida, lok-boʻyoq sanoatida, koʻpgina organik birikmalar sintezida, antidetonator aralashmalari tayyorlashda, fumigant sifatida, distillashda va b. maqsadlarda qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые