DISTRIBYUTOR

DISTRIBYUTOR, distributor (ing. distributior — taqsimlash) — mintaqaviy (mahalliy) bozorlarda muay-yan turdagi tovarlarni koʻtara sotib olish va sotish bilan shugʻullanuvchi firma yoki tadbirkor. Distribyutor tovar ishlab chiqaruvchi korxona bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma asosida oʻz nomidan va oʻz hisobidan ish yuritadi. Maxsus Distribyutorlik bitimida tayyor mahsulotni so-tuv oldidan koʻrsatilgan xizmat uchun tovarning koʻtara narxiga qoʻyiladigan ustamalar meʼyori; tovarning koʻtara narxidan chegirma; tovar partiyasining hajmi va uni yetkazib berish tartibi; toʻlov turlari va b. aks etadi. Ustama (chegirma) lar Distribyutorning daromad manbai hisoblanadi. Distribyutor tovarni sotishdan tashqari marketing xizmatini koʻrsatadi, shuningdek, sotib olingan texnik jihozlar, uskunalar (mas, kompyuterlar va uning yordamchi jihozlari)ni oʻrnatish, ishga tushirish, ulardan foydalanishga oʻrgatish, extiyot qismlarni sotish, taʼmirlash va b. ishlarni ham bajarishi mumkin. Bunday xizmatlar Distribyutorlik xizmati deyiladi. Distribyutor tar-mogʻining asosiy vakolatxonasi Bosh D. hisoblanadi. Bosh Distribyutor tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning muayyan bozordagi asosiy vakili hisoblanadi va tayyor mahsulotni sotish shu vakil op-kali yoki korxonaning oʻz agentlik tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x