DISPETCHERLIK PUNKTI

DISPETCHERLIK PUNKTI — dispetcherlik aloqa tizimining markazi. Dispetcherlik shchitlari, axborotlarni aks ettiradigan tablo (ekran)lar, telefon, radio va televizion aloqa vositalari, kompyuterlar va b. jihozlar, shuningdek, dispetcherning ish stoli Dispetcherlik punktida joylashtiriladi va dispetcher ular yordamida korxonaning barcha jarayonlarini tezkor nazorat etib, markazlashgan boshqaruvni amalga oshirib turadi. Dispetcherlik punktiga doimiy ravishda mahsulot i. ch., sex, uchastkalardagi ish rejasining bajarilishi, dastgoxlar, konveyerlar, transportlar harakati va b. toʻgʻrisidagi axborotlar kelib turadi. Shunga muvofiq, dispetcher kelgusi ish rejasini tuzadi yoki mavjud ish holati yuzasidan zarur choratadbirlarni koʻradi (yana q. Dispetcherlash).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x