DISNEY

DISNEY, Disni (Disney) Uolt (1901.5.12, Chikago – 1966.15.12, Berbank) — AQSH kinorejissyor-multiplikatori, rassom va prodyuser. 1919-y. dan kino sohasida ishlagan. Qisqa metrajli «Villi kemasi» (1928) ovozli multfilmi bilan AQSH kinemato-grafiyasida tovush va harakatni sinxronlashtirish usulini ishlab chiqqan. Disney birinchilardan boʻlib qaxramonlari (oʻrdak Donald Dak, sichqon Mikki Maus va b.) boʻlgan qisqametrajli filmlarni suratga oldi. 1933-y. da AQSHda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi. Uning yirik filmlari: «Oppoqoy va yetti mittivoy», «Bembi», «Uyqudagi goʻzal», «101 it» va b. D. folklor va etnografiyaga, hayvonlar va oʻsimliklar dunyosiga oid hujjatli filmlarning ham muallifi. Filmlari Oʻzbekistonda ham namoyish etilgan. Disneyning Anaxaym sh. (Kaliforniya)da ochgan «Disneylend» (1955) bolalar bogʻi juda mashhur. Undagi qator texnik attraksionlar Disney filmlaridagi obrazlarni aks ettiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x