DISKRIMINANT (lot.
discriminans – boʻluvchi, ajratuvchi) — koʻphad koef-fitsiyentlaridan tuzilgan va koʻphad ildizlari orasida bir-biriga tenglari boʻlgandagina nolga aylanadigan ifoda. Diskriminant nolga teng boʻlishi uchun koʻphadning ildizlari orasida karralisi boʻlishi zarur.