DISKLASH, tuproqni disklash — yerning ustki haydalma qatlamini diskli borona va yumshatgichlar (lushchilnik) b-n ishlash. Disklashda tuproqni yumshatish, maydalash, aralashtirish va qatlamni yuza agʻdarish ishlari bajariladi. Chimli yerlarda ajriq va shunga oʻxshash oʻtlarni yoʻqotish, chim palaxsa koʻchmasligini oldini olish maqsadida yer haydashgacha oʻtkaziladi. Sugʻorma dehqonchilik sharoitida qumoq tuproqlarda Disklash yer haydashdan oldin yoki dalani ekin ekishga tayyorlaщda; palaxsali shudgorni ishlashda, hali yetilmagan yerni bahorgi haydovdan soʻng yoki bahorgi boronalash kechikkanda, oraliq ekin ekish uchun yozgi shudgor vaqtida 10—12 sm chuqurlikda oʻtkaziladi. Haydalgan bedapoyalarda qayta koʻkargan oʻt va bedalarni yoʻqotish, eski bedapoyalarda tuproq aeratsiyasini yaxshilash, shuningdek, yangi poyalarni koʻkartirish uchun Disklash yaxshi samara beradi. Biroq, ildizpoyali begona oʻt bosgan yerlarni ekishdan oldin Disklash dalaning yanada oʻt bosishiga olib keladi (ildizpoya maydalanib, dalaga yoyilib ketadi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые