DISKANT (due… va lot. cantus — kuylash) — 1) bolalar (odatda, oʻgʻil bolalar)ning baland ingichka ovozi, shuningdek, ular ijro etadigan vokal partiya; 2) ikki ovozli musiqa turi, polifoniyanmng ilk shakllaridan. 12-a. da Yevropa cherkov vokal musiqasida paydo boʻlgan. Yuqori ovoz (diskant) nomiga nisbat berilgan;
3) 15—18-a. larda koʻp (4) ovozli vokal (shu jumladan, xor) musiqasida eng yukrri ovoz (baland soprano);
4) sharqiy Belorussiya va Ukrainada, shuningdek, Don kazaklari qoʻshiqlarida yuqori qoʻshimcha ovoz (d i shkant).