DIPLOMATIK VIZA — hukumat aʼzolari, davlatning oliy lavozimli shaxslari, xalqaro konferensiyalarning delegatlari, favqulodda diplomatik missiya vakillari, rasmiy maqsadlarda safarga joʻnatilgan tashqi ishlar idorasining diplomatik xodimlari, diplomatik kuryerlarning pasportlariga tashqi ishlar idorasi, diplomatik vakillik yoki konsullik tomonidan qoʻyiladigan maxsus belgi. D. v. larning chet mamlakatga kirish va undan oʻtishga ruxsat beradigan va tranzit turlari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые