DIPLOMATIK AGENT — davlatlar vakolatxonalarining boshligʻi, elchisi, elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-y. dagi Vena konvensiyasiga binoan faqat vakolatxona boshliqlarigina Diplomatik agent hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma darajadagi elchilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shuningdek, bir mamlakatning 2-mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va aʼzolari ham Diplomatik agent sanaladigan boʻldi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые