DIPLEURULA (di… va yun. pleura — tomon, yon) — ninaterililar va ichak bilan nafas oluvchilarning ikki tomonlama simmetriyali pelagik lichinkasi. Tanasi oval, orqa tomoni boʻrtiq, qorin tomoni botib kirgan. Tanasining ogʻizoldi qismida kipriklari, egilgan boshlangʻich ichagi, ogʻiz va anal teshiklari boʻladi. Selomik xaltachalari 3 juft. Ninaterililar Dipleurula lichinkasi rivojlanib exinopluteus (dengiz tipratikanlarila), ofiopluteus (ofiuralarda) bipinnariya, soʻngra braxiolyariya (dengiz yulduzlaripa), aurikulyariya va deliolyariya (goloturiyalarda), bochkasimon lichinka (dengiz nilufarlaripya) yoki tornariyaga (ichak b-n nafas oluvchilarda) aylanadi (yana q. Lichinka).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые