DIORAMA

DIORAMA, diarama (dia… va yun. horama — koʻrinish, manzara) — 1) maxsus yoritiladigan materialga ishlanadigan rasm, tasvir turi;

2) old qismiga turli narsalar, maketlar, odam shakllari qoʻyilgan va orqa tomonda yarim doirasimon yuzaga ishlangan kompozitsiya; taʼsirchanlikni oshirish uchun tasvir sunʼiy yoritiladi. Yirik Dioramalar maxsus binolarga oʻrnatiladi. Dastlabki D. Parijda L. Dager tomonidan yaratilgan (1822), 19-a. da keng tarqalgan. «1944 yil 7-mayda Sapungorani shturm kilish» (1959, rassom — P. T. Malsev; G. I. Marchenko va N. S. Prisekinlar ishtirokida) eng mashhur Diorama lardan. Oʻzbekistan muzey va koʻrgazmalarida Dioramadan keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x