DIOGEN SINOPLIK

DIOGEN SINOPLIK (Diogenes Sinopeus) (mil. av. taxm. 404—323, Korinf) — yunon faylasufi. Kiniklar maktabining yirik vakili. Antisfen shogirdi. Sivilizatsiyani, xususan davlatni inkor etgan, jamiyatni, insoniyatni ibtidoiy holatiga qaytishga daʼvat qilgan. Oʻzini dunyo fuqarosi («kosmopolit») deb atagan, odamlarning tabaqaga boʻlinishini tanqid qilgan. Turmushda har qanday ortiqchaliklarni rad etib, faqat zaruriy ehtiyojlarni qondirish bilangina cheklanishni oʻz burchi deb bilgan; u xotinlar va bolalar umumiy boʻlishini talab qilgan va biron axloq ustun boʻlib turishini tan olmagan. Diogen Sinoplik kinik sharm-hayosizlik va beboshlik timsoliga aylandi. Diogen Sinoplik toʻgʻrisida turli-tuman latifalar bor. Rivoyatlarga koʻra, u bochka ichida yashagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x