DINOVARIY

DINOVARIY (taxallusi; asl ism-sharifi Abulqosim Abdulloh ibn Abdurahmon) (7—1000, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot, sheʼrlaridan namunalar Saolibiy tazkirasida uchraydi. Dinovariy qasida, hajviya, vasf, chistoy janrlarida ijod etgan. Vasflarda majoziy iboralar, sifatlash mohirlik bilan ishlatilgan. Sheʼrlarida odob, axloq mavzui ustunlik qiladi, hajvlarida xasislik tanqid qilingan, oʻz moddiy ahvolidan, zamona zulmidan shikoyat aks etgan.

Ad.: Abdullayev I., Buxoroning arabiynavis shoirlari. T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x