DINAS (ing. Dinas Rock — Angliyadagi togʻning nomi) — olovbardosh gʻisht, tarkibida 93% gacha kremniy (IV)-oksid (silikat angidrid — SiO2) boʻladi. Kvars jinslariga 2—3% ohak qoʻshib tayyorlanadi. Dinas 1730° gacha t-raga chidaydi. Dinas sanoat pechlari (marten pechi va b.) qurishda ishlatiladi.