DINAMO

«DINAMO»jismoniy tarbiya va sport jamiyati. Bu jamiyat Oʻzbekistonda 1925-y. dan faoliyat koʻrsatadi. 1993-y. da OʻzR Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Oʻzbekistonning «Dinamo» jamiyati maqsad va vazifalariga Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi tarmoklaridagi zobit-xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, merganlik, yakkakurash, amaliy sport turlarini rivojlantirish orqali shu tarmoqlardagi zobit-xizmatchilarning mehnat samaradorligini oshirish va mahoratli sportchilarni tarbiyalash kiradi. «Dinamo» jamiyatini hayʼat boshqaradi. Uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻlimlari bor. Jamiyatda merganlik, qoʻl jangi, boks, dzyudo, sambo, karate, erkin kurash, yunon-rum kurashi, oʻzbekcha kurash, futbol, voleybol kabi sport turlari keng ommalashgan. Toshkent sh. dagi «Jar», «Dinamo» kabi oʻnlab zamonaviy sport inshootlariga ega. Ularda aholiga pullik xizmat koʻrsatish ham keng yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga qarashli «Akademiya» futbol klubi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashgan. «Dinamo» jamiyatining 90 mingdan ziyod aʼzosi boʻlib, malakali murabbiylar qoʻl ostida 40 dan ortiq sport turi boʻyicha shugʻullanishadi. «Dinamo» jamiyatida 5 nafar xizmat koʻrsatgan sport ustozi, 12 nafar xizmat koʻrsatgan sportchi ishlaydi (2001). Rufat Riskiyev, Muhammadqodir Abdullayev, Dilshod Yorbekov, Sergey Mixaylov, Toʻlqin Turgʻunov, Ruslan Chagayev, Oʻtkir Haydarov (boks), Elvira Saadi (sport gimnastikasi), Komil Fatkulin (yunonrum kurashi), Armen Bagdasarov (dzyudo), Bobomurod Fayziyev, Shuhrat Xoʻjayev (sambo va oʻzbekcha kurash) kabi «Dinamo»chilar olimpiada, Osiyo oʻyinlari, jahon kubogi gʻoliblari, jahon va Osiyo chempionlari hamda sovrindorlari boʻlishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x