DIMETILAMIN, (CH3) 2NH – alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qoʻlansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuklanish t-rasi — 92,2°, qaynash t-rasi 6,9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi, atsillanadi, alkillanadi va h. k. D. oqsil moddalar chiriganda hosil boʻladi; sanoatda metil spirt bilan ammiakdan, shuningdek, formaldegid b-n ammoniy xloriddan olinadi. Organik sintezda shifobaxsh dorilar (dikain, aminazin va b.,), raketa yoqilgʻisi (diametilgidrazin) va h. k. tayyorlashda qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые