Dilso’z, Ozodbek Nazarbekov — Aka-singil

[Ozodbek Nazarbekov]
Onajonim oy yuzidan
Uzilgan nursan o`zing,
Toza mehrim taftlaridan
Ochilgan gulsan o`zing.

Meni deya jonhalagim,
Jonsaragim, munisim,
Yonimda tur, kaftimda tur,
Jonimda turgin o`zing.

Onam menga tashlab ketgan
Yolg`iz yodgorim singlim,
Yaxshiyam bu tor dunyoda
Yonimda sen bor singlim.

Yaxshiyam bu tor dunyoda
Yonimda sen bor singlim.

[Dilso’z]
Akam borku dedim, nozik
Ko`nglimni og`ritsalar,
Yoningizga chopdim haqli
Yo nohaq ranjitsalar.

Yolg`izgina ishonganim,
Suyanganim, qalqonim,
Qaddingizni ko`rsam bo`ldi,
Dildagi dardim ketar.

Shukur shunday yelka berdi,
Beminnat suyanganim,
Bu dunyoda hech tengi yo`q,
Mehribon akam meni. {x2}

[Ozodbek Nazarbekov]
Sendan topdim men onamning
Tabarruk islarini,
Yo`qlab bordim sog`inganda
Chiroyli yuzlarini.

O`pkam to`lib, ko`nglim to`lib,
Yashirdim ko`z yoshimni.
Ovozlaring eslatganda
Onamning so`zlarini.

Onam menga tashlab ketgan
Yolg`iz yodgorim singlim,
Yaxshiyam bu tor dunyoda
Yonimda sen bor singlim.

Yaxshiyam bu tor dunyoda
Yonimda sen bor singlim.

[Dilso’z]
Yolvoraman, jonim akam,
Baxtimga omon bo`ling.
Bek yigitsiz, beklarga xos
Kun ko`ring, davron suring.

Meni sizdan boshqa axir
Kimim bordir dunyoda?
Yarim ko`nglim butun qiling,
Doim boshimda turing.

Shukur shunday yelka berdi,
Beminnat suyanganim,
Bu dunyoda hech tengi yo`q,
Qadrdon akam meni. {x2}

[Ozodbek Nazarbekov]
Mehribon singlim meni.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x