Kun yig’ladim, tun yig’ladim,
Bilmadingiz begim-ey.
Chorladim ko’p, nazar qilib
Kelmadingiz begim-ey. (x2)
Dunyolarga sig’may ketdim,
O’zni otdim taqdirga. (x2)
Bir olmadek oqdim soyda,
Olmadingiz begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Ohlarimga osmon yig’lar,
Tog’lar aza tutadi. (x2)
Bag’riqonim bag’rimdagi
Nolalarga o’tadi. (x2)
Sizni qaysi dilbar mendek
Toqat bilan kutadi? (x2)
Firoqida g’arib qilgan
Bag’ritoshim begim-ey. (x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Yo’llar uzoq, ko’ngil yaqin,
Desangiz ham bo’lardi.
Ko’nglim senda degan so’zdan
Yarim ko’nglim to’lardi. (x2)
Kelsangiz-a ko’ngildagi
Umid guli kulardi.
Bugun Ra’no bag’ri e voh,
Alamingiz begim-ey.(x2)
Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Bilmadingiz, bilmadingiz,
Kelmadingiz begim-ey. (x2)