Yor, siz ketib, fayz ham ketdi,
Ortingizdan ergashdi.
To`rt devor yutay deydi,
Tezroq qaytsangiz edi.
Yor, zeboi gulingizman,
Mahrami juftingizman,
Begim, deb egar boshim,
Vafoli yoringizman.
Ko`zin suzsa jononlar,
Kiprik qoqsa barnolar,
Xafa qilmang meni, yorim,
Sizni kutar haloli.
Ko`zin suzsa jononlar,
Kiprik qoqsa barnolar,
Xafa qila ko`rmang halolini,
Sizni tutar uvoli.
To`kilmasin behuda yoshim,
Tomog`imdan o`tmayin oshim.
Qaytib ketmay, tog` bo`lmay toshim,
Ota uyiga egilib boshim.
Yor pokizai dur derlar,
Ko`z ochib ko`rgan derlar.
Shubha-yu gumonlarmas,
Rashk iymondandir derlar.
Ko`zin suzsa jononlar,
Kiprik qoqsa barnolar,
Xafa qilmang meni, yorim,
Sizni kutar haloli.
Ko`zin suzsa jononlar,
Kiprik qoqsa barnolar,
Xafa qila ko`rmang halolini,
Sizni tutar uvoli.
Yor, guldek umrim o`tmoqda,
Xazonlarga ketmoqda,
To`rt devor ichra orzu
Hamon baxtin kutmoqda.
Ko`zin suzsa jononlar,
Kiprik qoqsa barnolar,
Xafa qilmang meni, yorim,
Sizni kutar haloli.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.