DILBARJIN

DILBARJIN — qad. shahar xarobasi (mil. av. 5 — mil. 4-a.). Afgʻonistonning Balx sh. dan 40 km shim. garbda joylashgan. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrida ravnaq topgan. Sovet-Afgʻon ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1970—78). Xaroba toʻrtburchak shaklda, mudofaa devori (umumiy uz. 1,5 km, kalinligi 3,5 m) bilan oʻralgan. Bir necha burji, 4 darvozasi, atrofi xandaq boʻlgan. Shahar markazida 20 m bal. da alohida mudofaa devori (uz. 600 m) bilan oʻralgan shoh saroyi joylashgan, uning bir darvozasi boʻlib atrofi xandaq bilan oʻralgan. Shahar hududida budda ibodatxonasi, devoriy rasmlar bilan bezatilgan yirik bino, xumdon, mudofaa devorlari xarobalari tekshirilgan. Dilbarjin dagi binolar hashamatli qilib bezatilgan. Bir xona devoriga otga suyanib turgan shaxslarning toʻq-qizil, sariq, koʻk, binafsha, jigarrang rasmlari (bal. 2,13 m) ishlangan. Boshqa xonada hoʻkiz minib turgan qind xudolari Shiva va Parvati rasmlari tasvirlangan. Yana bir xonaning devorida tik turgan 12 kishi va qoʻllarida qadah ushlab oʻtirgan ikki qator shaxslar tasviri ishlangan, tasvirlarning boshlari orasiga qad. hind-brahma yozuvi bitilgan. Rasmlar Hindistonning qad. sanʼatiga taqlid qilib ishlangan boʻlsada, Bolaliktepa va Panjikent devoriy rasmlariga juda oʻxshashdir. Dilbarjin dan, shuningdek, sopol idishlar, mis tangalar, yunon yozuvi bitilgan tosh boʻlagi ham topilgan.

Ad.: Kruglikova I. T., Pugachenkova G. A., Dilberdjin, M., 1977; Drevnyaya Baktriya, M., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x