DIKTANT (lot. dicto — aytib turib yozdiraman) — oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doyr qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish. Taʼlimiy va nazorat turlari bor. Taʼlimiy Diktant qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan Diktant larga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan Diktantda imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli Diktantda matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan Diktantda notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy Diktantning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga Diktant turlari bor. Nazorat D. oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat D. da oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые