DIFENILAMIN (C6H5) 2NH – ikkilamchi aromatik amin, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 169,23; zichligi 1160 kg/m3. Qaynash t-rasi 302°, suyuqlanish t-rasi 54°. Sovuq suvda erimaydi; efir, metil spirt, benzol, ligroin va b. organik erituvchilarda eriydi. Anilinni anilin gidroxlorid bilan avtoklavda 300°da NS1, A1S13, NH4BF4 ishtirokida qizdirib va b. usullar bilan olinadi. Nitritlar va nitratlar ishtirokida oksidlab, koʻk rangli birikmalar hrsil qilinadi. Indikator sifatida qoʻllaniladi. Difenilamin — polimerlar uchun an-tioksidantlar i. ch. da boshlangʻich mahsulot boʻlib, sellyuloza nitratlarining issiq va atmosfera sharoitiga bardoshli stabilizatori, azoboʻyoqlar sintezida oraliq mahsulot, yumshoq poʻlatni zanglashdan saqlovchi ingibitor, shuningdek, analitik kimyoda NO2, NO3, S1O3 va b. oksidlovchilarni aniqlashda indikator sifatida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые