DIABAZ

DIABAZ (frans. diabase) — toʻla kri-stallangan, asosli vulkan jinsi. Kimyoviy va mineral tarkibiga koʻra bazaltga yaqin. Diabaz, asosan, plagioklaz, avgit va b. minerallardan tashkil topgan. Rangi qoramtir, yashilsimon-qora. Tarkibida ishtirok etgan minerallarga qarab amfibolli, bronzitli, biotitli Diabaz larga boʻlinadi. Diabaz qiya enkaygan choʻkindi tog jinslari oblastlarida bor, shuningdek, vulkan lavalari va tuflarida keng tarqalgan. Sill, dayka, lakkolit, yertomir va b. shakllarda uchraydi. Kavkaz, Qrim, Sibir regionlari hamda Germaniya, Angliya, AQSH, Fransiya va b. mamlakatlarda kup. Oʻzbekistonda Chatqol va Qurama togʻlarida Diabaz daykalari holida tarqalgan. Yoʻlga teriladigan tosh sifatida va quyma tosh buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x