DEZOKSIKORTIKOSTERON, DOK — biologik faol steroid. Mol. m. 330,45. Umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarida kortikosteron va al-dosteron biosintezida (q. Kortikosteroidlar) oraliq birikma sifatida hosil boʻladi. Dezoksikortikosteron, dok va uning sintetik preparatlari (D. atsetat, Dezoksikortikosteron, dok trimetilatsetat) organizmda suv-tuz almashinuviga taʼsir etadi: natriy ionlari va suvni tutib qoladi, kaliy ionlari ajralishini tezlashtiradi va tomirlar tonusini barqarorlashtiradi. Miasteniya, gipoxloremiya, buyrak usti bezi pust qavati yetishmovchiligini davolashda qoʻllaniladi. Organizmda Dezoksikortikosteron, dokning koʻp hosil boʻlishi yoki ortiqcha kiritilishi arterial gipertoniya, shish, boʻgʻimlar va buyrak yalliglani-shiga olib keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые