DEYVIS

DEYVIS, Devis (Davis) Uilyam Morris (1850.12.2, Filadelfiya — 1934.5.2, Posadena) — amerikalik geolog va geograf. Amerika geomorfologiya maktabining asoschisi. Relyef ri-vojlanishining geografik sikli haqidagi taʼlimotni yaratgan. Kembrijdagi (AQSH) Garvard un-tining prof. Amerika geograflari Assotsiatsiyasiga asos solgan (1904) va Amerika geol. jamiyati prezidenti (1911), bir qancha geol. va geogr. jamiyatlarining faxriy aʼzosi. 1890—1915-y. larda AQSH Geol. xizmatida ishlagan; AQSH, Jan. Amerika mamlakatlari va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida i. t. ishlari olib borgan. 1903-y. da Turkistonning choʻl r-nlarini, jumladan Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) relyefini oʻrgandi. Geomorfologiya faniga peneplen tushunchasini kiritdi. Tyanshandagi umumiy sirt relyef shakllarini yoshargan peneplenlar deb atadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x