DEYCH Aleksandr Iosifovich

DEYCH Aleksandr Iosifovich [1893.2(14).5, Kiyev – 1972.8.4, Moskva] — rus yozuvchisi, adabiyotshunos, tarjimon. Prof. (1922), filol. fanlari d-ri (1945). Kiyev un-tini tamomlagan (1917). «Jahon adabiyotida Don Juan tipi» (1911), «Prometey haqida mif» (1912), «Doktor Faust tarixi», «Jovanni Bokkachcho» (1913) kabi ilmiy kitoblari, «Amundsen» (1936), «Frityof Nansen» (1936, L. Bat bilan hamkorlikda) va «Taras Shevchenko» (1939) biografik qissalari nashr etilgan. Deych 2-jahon urushi davrida Tosh-kentda Informbyuro vakili boʻlib ishlagan va Oʻrta Osiyo un-tida dare bergan. Deych faoliyatida oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ayniqsa, Alisher Navoiy, Oybek ijodi yetakchi urin egallaydi. «Alisher Navoiyning gʻoyaviy dunyosi», (1968; Oybek bilan hamkorlikda) asarida buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Navoiy asarlaridagi zamon va makon, birlik va umumiylik, bilish nazariyasi kabi falsafiy mushohadalar talqin qilingan. «Bugungi kun va oʻtgan kun» (1969) kitobidagi «Oʻzbekistan qalbi» (asosan Oybek haqida) maqolasida oʻzbek adabiyoti va madaniyati yuksak baxrlangan.

As: Abror Hidoyatov, M. — L., 1948; Oʻzbekistan qalbi: Adabiy-tanqidiy maqolalar, T., 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x