Sulton Mahmud qahraton qishda Talhakdan soʻrabdi:
– Men bu sovuqda shuncha kiyim bilan diydirab yuribman-u, sen avrasiz toʻn bilan qanday chidayapsan?
– Sen ham men qilgan ishni qilsang, maza qilib yuraverasan, – debdi Talhak.
– Sen nima qilding?
– Men bor toʻnimning hammasini kiyib oldim.
“Dilkusho hikoyatlar”dan
https://saviya.uz/ijod/nasr/devonaning-hikmati/