DEVONAI GULXANIY (13-a. oʻrtalari — Bagʻdod — 14-a. boshlari) — sozanda, bastakor, musiqashunos, shoir. Darvishali Changiynit musiqa risolasida taʼkidlanishicha, Safiuddin Urmaviy butun Sharqda mashhur oʻn ikki maqom tizimini ayni Devonai Gulxaniy taklifi bilan ishlab chiqqan. Devonai Gulxaniy koʻpgina naqsh, savt, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые