DEVASTATSIYA

DEVASTATSIYA (lot. devastatio — qirish) — odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan yuqumli va invazion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini (ularning hamma rivojlanish davrida) qirib tashlashga, yoʻqotishga qaratilgan kompleks choratadbirlar majmui. Devastatsiya usullariga degelmintizatsiya, kimyoterapiya, bakteriofagiya, dezinfeksiya, dezinvaziya va b. kiradi. Buning uchun shu kasallik qoʻzgʻatuvchisiga nisbatan noqulay boʻlgan (ichki va tashki) muhit, shuningdek, mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Devastatsiya toʻla (total) yoki qisman boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x