DO`STLARGA ULASHING:
💊Detskiy anaferon tabletkasi — 2 oylikdan boshlab 18 yoshgacha qabul qilish mumkin.
Anaferon tomchi sini esa bola hayotining birinchi oyidan qabul qilish mumkin.
💊 Kattalar qabul qiladigan anaferon — 18 yoshdan kattalar qabul qilishi mumkin.
#Bolalar anaferoni
#Болалар анаферони
💊DORI SHAKLI :
Shimish uchun tabletka yoki ichga qabul qilinadi.
💊TARKIBI : 👇
Odam gamma interferoniga affinno tozalangan antitelolar.
💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA 👇
Immunitetni oshiruvchi va virusga qarshi vosita.
🔆QO’LLANILISHI 👇
— Gripp bo’lganda
— Paragripp virusiga qarshi vosita sifatida.
— Jinsiy a’zolar gerpesida
— Lab dan chiqqan gerpesda
— Suvchechakda
— Infeksion mononukleozda
— Enteroviruslarda
— Kana ensefalit virusida
— Rotavirusda
— Koronavirusda
— Adenovirusda
— Shikastlangan to’qimalarda virusning konsentratsiyasini kamaytiradi.
— Immunitetni oshiradi ( juda samarali vosita ).
— Surunkali gerpes virusida
— Bakterial infeksiyalarni majmuaviy davolashda
— Virusli va bakterial kasalliklarda profilaktika maqsadida.
— Shamollash va tumov holatlarida qabul qilinadi.
💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇
Kichik yoshdagi bolalarda , ya’ni 1 oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda tabletkani oz miqdordagi qaynatilgan xona haroratidagi suvda ( 1 osh qoshiq ) eritib buyuriladi. 3 yoshdan katta bolalarga esa tabletkani og’iz bo’shlig’ida eriguncha ushlab turiladi yoki ichga qabul qilinadi ( yutiladi ). Sutkasiga 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilish mumkin.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
Belgilangan dozada qabul qilsa nojo’ya ta’siri aniqlanmagan.
❌QABUL QILISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR : 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda .
— 1 oylikdan kichik bolalarga mumkin emas ( anaferon tomchisini qabul qilish mumkin faqat ).
— Homilador va emizikli ayollarga mumkin emas.
— 18 yoshdan kattalarga bolalar anaferonini qabul qilish mumkin emas . ( 18 yoshdan kattalarga kattalarni anaferoni qabul qilish buyuriladi ).
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
Anaferon tabletkasini kichiklar ( detskiy ) va kattalar ga to’g’ri keladigan dozalari bor ( ESDA SAQLANG ). 2 oylik boladan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda detskiy anaferon tabletkasi qabul qilinadi. 18 yoshdan kattalarda esa kattalarni anaferoni qabul qilinadi.
Yangi tug’ilgan bolalar anaferon tomchisini qabul qilsalar ayni muddao bo’ladi.
💉Qo’llash — retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya.