DETROYT

DETROYT — AQSHdagi shahar, Michigan shtatida. Detroyt daryosi boʻyida, Guron va Eri koʻllari oraligʻida joylashgan. Aholisi 951,2 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Detroytga 1701-y. da fransuzlar asos solgan. 1760-y. da inglizlar bosib olgan. 18-a. oxiridan AQSH tarkibida. 1802-y. da shahar statusini olgan. Mamlakatning muhim transport yoʻllari tuguni va yirik moliya markazi. Buyuk koʻllar sohilidagi port. Avtomobilsozlikning dunyodagi eng yirik markazlaridan («Jeneral motore», «Kraysler», «Ford» korxonalarining boshqaruv organlari, asosiy korxonalari va ilmiy tashkilotlari shu yerda). Sanoatining boshqa tarmoklari ham avtomobilsozlik bilan bogʻlangan: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, stanok-jihozlar i. ch., rezina, oyna-shisha. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, harbiy sanoat korxonalari mavjud. Un-tlar, muzeylar, sanʼat in-ti va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x