DETERMINIZM

DETERMINIZM (lot. determino – aniqlayman) — barcha hodisalarning oʻzaro obyektiv qonuniy aloqadorligi va sababiy bogʻlanishi toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot (q. Sababva oqibat). Indeterminizmning qaramaqarshisi. Determinizmning mazmuni sababiyat tushunchasida ifodalanadi, yaʼni bunda bir hodisa (sabab) muayyan sharoitda zaruriyatni tugʻdiradi, bu esa boshqa xrdisa (oqi-bat)ni vujudga keltiradi. U inson ongiga bogʻliq emas. Yunon faylasuflari Geraklit, Demokrit, Epikur hamda sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek va b. ham Determinizmni eʼtirof etishgan. Determinizm prinsipi ilmiy bilimning barcha sohalarida yoʻlyoʻriq koʻrsatuvchi, haqiqatni bilishning samarali vositasi boʻlib xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x