DERMOGRAFIZM

DERMOGRAFIZM (derma… va yun. graphein — chizmoq) — teriga mexanik taʼsir koʻrsatilgan (chizib koʻrilgan) joydagi qon tomirlar reaksiyasi. Bunda kizil yoki oq yoʻl koʻzga tashlanadi. Dermografizm normal yoki patologik boʻladi. Nopmal Dermografizmda terini biror narsa bilan chizilsa, bir necha sek. dan keyin kizil yoʻl koʻrinib, 1—3 min. da yoʻqoladi. Patologik Dermografizm kizil yoki oq boʻladi. Qizil D. nerv sistemasining haddan tashqari tez qoʻzgʻaluvchanligidan dalolat beradi. Ekzema (gush), psoriazning oʻtkir davrida, eshakem, ekssudativ eritema kabi kasalliklarda uchraydi. Oq D. qon tomirlarni toraytiruvchi markazi qoʻzgʻaluvchan kishilarda kuza-tiladi. U nevrodermit, qichima, psoriazda boʻladi. Qizil va oq Dermografizm bir vaqtda uchrashi mumkin. Bunda oq hoshiyali qizil yoʻl koʻrinadi. Bir kasallikning ikkinchisiga aylanishida, mas, bolalarda eshakemning qichimaga oʻtishida xuddi shunday boʻladi. Vegetativ nerv sistemasining holatini oʻrganishda, nerv va endokrin sistemalarning baʼzi kasalliklariga tashhis qoʻyishda Dermografizm muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x