DERBIKLAR

DERBIKLARmassagetlar siyosiy uyushmasi (konfederatsiyasi)ga kiruvchi sak qabilasi. S. P. Tolstovnit fikricha, D. Amudaryoning oʻrta oqimida hoz. Chorjoʻy bilan Buxoro oraligʻida yashagan. Strabon (mil. av. 64 — mil. 24) ning yozishicha, «D. Ona-Yerga eʼtiqod qilganlar; ular ayol jinsiga mansub hech qanday jonzotni qurbonlik qil-maydilar va yemaydilar; 70 yoshdan oshgan erkaklarni oʻldirishadi, jasadlarni yaqin qarindoshlar yeyishadi; kampirlarni esa boʻgʻishadi, soʻngra koʻmishadi; 70 yoshga toʻlmasdan vafot etgan erkaklarni ular yemasdan faqat dafn etishadi, xolos» (Strabon, Geografiya, 11, 8). Ktesiyning maʼlumotiga koʻra, axomaniylarnmng qudratli shohi Kir II D. bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x