Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq boʻldi tush.
Bir ajoyib qor yogʻar bu kech,
Uchib tushar mening yonimga.
Men-ku seni oʻylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga…
1963
Rauf Parfi
https://saviya.uz/ijod/nazm/derazamga-uriladi-qor/