DENVER

DENVER — AQSH gʻarbidagi shahar, Kolorado shtatining maʼmuriy markazi. Saut-Platt daryosi sohilida, Qoyali togʻlarning sharqiy etagida 600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 554,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning yirik sanoat va savdo-moliya markazi. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika asboblari, priborsozlik, metallni qayta ishlash, sement, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sport buyumlari ishlab chiqariladi. Zarbxona, astma kasalliklarini davolash ilmiy markazi, 2 ta un-t, muzeylar bor. D. yonidan rangli va nodir metall rudalari qazib olinadi. Shaharga 1858-y. da oltin qidiruvchilar asos solgan. Togʻ turizmining markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x