DENGIZ YOTQIZIQLARI

DENGIZ YOTQIZIQLARI (dengiz choʻkindilari) — Yerdagi xoz. va kad. dengizlar tubida hosil boʻlgan choʻkindi va vulkanogen-choʻkindi yotqiziqlar. Dengiz yotqiziqlari termini fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida choʻkindi hosil boʻladigan zonada tarkib topib togʻ jinsiga aylanishga ulgurmagan mahsu-lotlar uchun qoʻllanilgan. Dengiz yotqiziqlari kontinental yotqiziqlarga nisbatan koʻp va materik Yer poʻstidagi choʻkindi qobiq umumiy hajmining 75% dan koʻprogʻini tashkil etadi. Dengiz yotqiziqlari arxey yoki undan ham avval (3,5—4 mlrd. yil muqaddam) dastlabki dengizlar hosil boʻlish davridan boshlab, Yerning butun geologik rivojlanish tarixi davomida hosil boʻlib kelgan. Dengiz yotqiziqlari diagenez jarayonida choʻkindi togʻ jinsiga aylangan. Dengiz yotqiziqlari ohaktosh, dolomit, mergel, kremniyli jinslar, gil va argillit, alevrolit, qumtosh, konglomerat va b. dan tashkil topgan. Koʻpchilik metamorfik togʻ jinslari (gneys, slanes, marmar) dastlab Dengiz yotqiziqlari boʻlgan. Dengiz yotqiziqlarining asosiy turlariga terrigen, biogen, xemogen va vulkanogen jinslar mansub. Chuqurligi, qirgʻoqdan uzokligi, dengiz tubining relyef shakli, oqimlar va b. omillarga bogʻliq holda alohida dengiz havzalarida Dengiz yotqiziqlarining turli fatsi-yalari hosil boʻladi. Baʼzi bir auti-ge n minerallar (glaukonit), yotqiziqlarning ichki va tashqi tuzilishi Dengiz yotqiziqlarining belgilari hisoblanadi. Chuqur dengiz soyliklarida toʻplangan Dengiz yotqiziqlari asosan mayda donali (gil, alevritlar, ohaktoshli va kremniyli gillar) choʻkindilardan iborat. Yon bagʻirliklarda suv osti koʻchki yotqiziqlari vujudga keladi. Dengiz yotqiziqlarining tarkibi, massasi va Yer yuzasida tarqalishiga tektonik rejim va iqlim sharoiti katta taʼsir koʻrsatadi. Dengiz yotqiziqlari hosil boʻlish sharoiti geologik tarix davomida bir xil bul-magan. Mas, proterozoy va paleozoyda xemogen choʻkindilar mezozoy va kay-nozoydagiga qaraganda koʻp toʻplangan. Tokembriy va erta paleozoyda esa dengiz dolomitlari koʻp hosil bulgan. Te-mirli kvarsitlar (jespelitlar) faqat proterozoyda maʼlum. 20-a. ning 60-y. larida olimlar urtasida Dengiz yotqiziqlarini ik-kiga — okean yotqizik,pari va Dengiz yotqiziqlariga ajratish gʻoyasi paydo boʻldi. Bular bir-biridan chukindilarning hosil bulish tezligi va ularda terrigen materiallarning ishtirok etishi va etmasli-giga hamda biogen jarayonlarning koʻpligi bilan farq qilina boshladi. Chukur suvli Dengiz yotqiziqlarining okean oʻrtasi togʻliklari rift zonalarida eksgalyatsion-choʻkindi, kup metalli oksidli rudalanishlar, kontinentlardagi qazilma Dengiz yotqiziqlarida esa stratiform rudali (temir, marganes, uran, vanadiy va b.), noruda (fosforitlar) va yonuvchi (yonuvchi slaneslar, neft va gaz) foydali qazilmalar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x