DEMILITARIZATSIYA (de… va lot. militaris — harbiy) — xalqaro huquqda biror xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yoʻqotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiklash. Toʻla Demilitarizatsiya (Antarktida, Aland arxipelagi, os-mon jismlari, shu jumladan Oy va b.) va qisman Demilitarizatsiya (mas, yadrosiz zonalar tashkil etish) farqqilinadi. «Demilitarizatsiya» atamasi baʼzida birmuncha keng maʼnoda ishlatiladi (mas, iqtisodiyotni D. lash).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые