DEMAGIN Vladimir Vasilyevich (1924.15.7, Toshkent) — uchuvchi, «Xizmat koʻrsatgan sinovchi-shturman» (1967). Sinovchi-uchuvchilar maktabini tugatgan (1952). Mehnat faoliyatini Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zdida yigʻuvchi-parchinlovchilikdan boshlagan (1941—42). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Xarkov harbiy aviatsiya bilim yurtida (1944), Jukovskiy (Moskva viloyati) sinovchi-uchuvchilar maktabida (1952) oʻqigan. Toshkent aviatsiya zdi (xoz. Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasi) uchishsinov st-yasida bortradist (1945—49), sinovchi-shturman (1949—80), qidiruvqutqaruv xizmati boshligʻi (1980—84), navbatchi shturman (1984—92). Toshkent aviatsiya zdida ishlab chiqarilgan LI-2, AN-8, AN-12, AN-22, IL-12 va IL-76 (turli modi-fikatsiyalari) samolyotlarini sinashda qatnashdi, havodagi parvozi 4 mln. km dan ortiq (13000 soat). Koʻplab shturman shogirdlar tayyorlagan. «Jasorat», «Shuhrat» (1994) medallari bilan takdirlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые