DELTA-YOGʻOCH — presslab va yelimlab tayyorlanadigan qatqat yogʻoch. Qayin daraxtidan yoʻnib olingan yupqa tasmaga fenol yoki kreozol formaldegid smolasi shimdirib, 100—175 kg. kuch/sm2 bosim ostida 120—150° t-ragacha qizdirib tayyorlanadi. D.-yo. 1 — 12 mm qalinlikda taxta, 15—300 mm qalinlikda plita koʻrinishida ishlab chiqariladi. Bu plitalarning mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun metall toʻr, zar, rezinalangan mato va b. bilan armaturalanadi. Smolaga grafit va moy qoʻshib antifriksion xossasi yaxshilanadi. D.-yo. kimyoviy reagentlar taʼsiriga chidamli, elektr izolyatsiya, mexanik va b. xossalari yukrri material.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые