DELEDDA (Deledda) Gratsiya (1871.27.9, Nuoro, Sardiniya — 1936.15.8, Rim) — italyan adibasi. Ijodi 19-a. oxirida italyan adabiyoti, operasi va tasviriy sanʼatida vujudga kelgan realistik yoʻnalishning verizm oqimiga yaqin. Deledda roman va qissalari Sardiniya dexdonlari va baliqchilari hayotiga bagʻishlangan («Sardiniya hikoyalari», 1894). Deleddaning «Elias Portolu» (1903), «Kul» (1904), «Vatan sogʻinchi» (1905), «Ona» (1920) asarlari ruhiy kechin-malarga boy, oʻzi tugʻilgan joy tabia-tini lirik tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati (1926).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые