DELAKRUA (Delacroix) Ferdinand Viktor Ejen (1798.26.4, Sen-Moris, Parij yaqinida — 1863.13.8, Parij) — fransuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi. Delakrua ijodida yangi usullarni dadil qoʻllab toʻyingan koloritga, dadil boʻyoq surtmasi, yorqin nursoya keskinligiga ega boʻlgan rangtasvir tizimini yaratdi; asarlarida erksevarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan faol harakat va joʻshqin ruhni aks ettirdi («Barrikadada Ozodlik», 1830). Delakruaning boy ijodiy fantaziyasi, ehtirosi Sharq mavzuidagi tarixiy va klassik xamda zamonaviy adabiy asarlarga ishlagan kartinalarida aniq namoyon boʻldi («Jazoirlik ayollar», 1833—34; «Marokkodagi yahudiycha toʻy», 1839 va b.).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые