DEJNYOV BURNI — Yevrosiyo materigining shim.-sharqiy uchi, Chukotka ya. o. da (66°05ʻ sh. k., 169°40ʻ gʻ. u.). Eng baland joyi 741 m, yassi choʻqqili togʻ massividan iborat. Dengizga qaragan yon bagri tik. 1879-y. shved kutb tadqiqotchisi A. E. Nordensheld tomonidan S. I. Dejnyov nomi berilgan. Dejnyov Burnida Uelen aholi punkta bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые