DEHQONOBOD PAST TOGʻLARI

DEHQONOBOD PAST TOGʻLARIQashqadaryo viloyatidagi togʻlar. Shim.-sharkda Kichik Oʻradaryoning oʻrta oqimidan jan.-gʻarbda Oʻzbekistan bilan Turk-maniston chegarasidan oʻtuvchi Amudaryo oʻzanigacha davom etadi. Jan.-sharqda Seypitogʻ-Ellikbosh-Jonikmar tizma togʻlari, shim.-gʻarbda Itbaxmastbel tizmasi bilan tutashgan. Bal. 700—1100 m. D. p. t. anchagina parchalangan. Relyefi oʻydim-chuqur, jan.-sharqida yalang tekisliklar bor. Asosan, kuesta relyef shakllari mavjud. Ohaktosh qatlamlarida karst, eroziya rivojlangan. Dehqonobod past togʻlarini jan.-sharkdan shim.-gʻarbga tomon bir necha soy kesib oʻtgan, ularda asosan, bahorda suv oqadi. Dehqonobod past togʻlari yon bagʻirlarida koʻproq oddiy boʻz tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroidlar, shuvoq oʻsadi. Dehqonobod past togʻlari asosan, yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ayrim qismlarida lalmi dehqonchilik bilan shugʻullaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x