DEGREZTEPA — shahar xarobasi (1 — 5—8-a. lar). Surxondaryo viloyati Oltin-soy tumani Degrez suv omborining jan.-gʻarbida. Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli. Mayd. 6 ga dan ortiq. Mudofaa devorlarining qoldiklari tepaliklar (eni 10 m, boʻyi 4 m) sifatida saqlanib qolgan. Burchaklar minoralar b-n himoyalangan. 3 ta darvozasi boʻlgan. Shahar arkining atrofi xandaq bilan oʻralgan. Kushonlar davri va ilk oʻrta asrlarga oid sopol idishlar topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые