DEGIDRATLANISH (de… va gidratlanish) — anorganik yoki organik moddalardan suv ajralishi.
1) kimyoda — D. termik jarayonda koʻpincha katalizatorlar (konsentrlangan sulfat, fosfat kislotalar, alyuminiy-oksid va b.) ishtirokida sodir boʻladi. Efirlar, kislota angidridlari, olefinlar va b. moddalar olishda qoʻllaniladi;
2) geologiyada — D. yerpoʻstidakengtarqalgan jarayon boʻlib, foydali qazilmalarning hosil boʻlishida katta ahami-yatga ega. Mas, opal mineralining suvsizlanishidan xalsedon va kvars mine-rallari hosil boʻladi. Ular xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Organizmda ham Degidratlanish jarayoni boʻlib turadi, ular fer-mentlar ishtirokida roʻy beradi.