DEGERES QOʻYI — yarim mayin, uzun junli goʻshtdor-jundor qoʻy zoti. Olmaota viloyati (Qozogʻiston)dagi «Degeres» ot zdida shropshir, perekos zotlari qoʻchqorlarini dumbali jaydari sovliklar bilan chatishtirib yetishtirilgan (akad. V. A. Balmont, T. B. Bokenbayev, M. A. Aletov, A. V. Chelodnov). 1980-y. dan zot tariqasida tasdiqlangan. Degeres qoʻyi yirik, mutanosib jussa tuzilishiga ega zot. Dumbasi va bir xil yarim mayin juni bilan ajralib turadi. Choʻl va chala choʻl ikdimiga yaxshi moslashgan. Serpushtligi 92 — 120%. Koʻchqorlarining vazni 90—110 (ayrimlari 135 kg), sovliklariniki 58 — 65 kg. Sovliklaridan 3—3,5 kg, qoʻchqorlaridan 6,5—7 kg jun qirqib olinadi. Bulardan 58—65% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun (qoʻchqorlariniki 14 — 16 sm, sovliklariniki 9—11 sm), si-fati va yigirilish xususiyati aʼlo darajada. 1959-y. dan Degeres qoʻyi Oʻzbekistonga keltirilgan. Goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi dumbali mahalliy jaydari qoʻylar b-n chatishtirilgan, lekin tajribalar kutilgan natijalarni bermadi. Degeres qoʻyi qoʻchqorlaridan dumbali qoʻy zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые