DEFO

DEFO (Defoe) Daniyel (taxm. 1660, Kriplgeyt — 1731.26.4, Murfilds) — ingliz yozuvchisi, publitsist, realistik nasr asoschilaridan biri. Ijodiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan. «Loyihalar tugrisida tajribalar» (1697) pamfletila bir qator siyosiy va iktisodiy islohotlar oʻtkazishpi taklif etgap Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, akl-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan, demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan («Xokisor odamning tavsiyanomasi», 1698 va b.). D. maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi («Aslzoda ingliz», 1701). 1702-y. da pinhoniy nom bilan «Dissenterlardan kasos olishning eng oson yoʻli» nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi. Defoning «Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari» (1719) romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. «Kapitan Singlton» (1720), «Polkovnik Jak tarixi», «Moll Flenders» (1722), «Roksana» (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida «Robinzon Kruzo» romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

As: Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning qayoti va ajoyib sarguzashtlari, T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x